Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ishdan olindi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ishdan olindi

Foto: «tsul.uz»

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeyini oshirish yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda va yig‘ilish davomida davlat rahbari Yesemurat Kanyazov ishdan olinganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Yesemurat Kanyazov 2005-2011-yillarda – Adliya vaziri o‘rinbosari, 2011-yilning iyunidan Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2013-yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlangach vazir o‘rinbosari lavozimidan ketgandi. Ammo u 2017-yilning aprelida yana Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring