Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga rektor tayinlandi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga rektor tayinlandi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori lavozimiga Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmat xabar berdi. 

Gulchehra Rixsiyeva 1971-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1993-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2019-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring