Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Test sinovlarining ikkinchi kunida ikki mingga yaqin abituriyent imtihonga kelmadi

Test sinovlarining ikkinchi kunida ikki mingga yaqin abituriyent imtihonga kelmadi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni haqida birifing bo‘lib o‘tdi.

Davlat test markazi Bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabovning ma’lumot berishicha, kecha bo‘lib o‘tgan test sinovlarida 69 ming 374 nafar abituriyent ishtirok etgan. Abituriyentlarning 1928 nafari turli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmagan bo‘lsa, 38 nafari binoga kirish va binoda o‘rnatilgan qoidalarni buzgani uchun chetlatilgan. Shuningdek, 36 nafar nazoratchi ham imtihonga qatnashmagan.

Qayd etilishicha, test sinovlari paytida hech qanday ko‘ngilsiz holatlar ro‘y bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring