Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Test sinovlari natija kecha e’lon qilinmadi. Demak bugun e’lon qilinishi lozim

Test sinovlari natija kecha e’lon qilinmadi. Demak bugun e’lon qilinishi lozim

Foto: AOKA

Kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan edi. Unga ko‘ra ko‘plab savollarga javob qaytarildi.

Ma’lum qilinishicha, bu yil 1 million 66 ming 925 nafar abituriyentdan ariza tushgan va ular ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlar bazasiga kiritilgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 250 ming nafarga ko‘p.

DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabovning so‘zlariga ko‘ra, imtihon jarayonida tartib-qoidalarni buzgan 465 nafar abituriyent va noo‘rin xatti-harakati orqali xatolikka yo‘l qo‘ygan 20 nafardan ortiq guruh nazoratchisi test sinovlaridan chetlatilgan.

Muloqot davomida jurnalistlar joriy yilgi mandat natijalari nima uchun kechikayotgani haqida savol berdi.

Barno Rajabov test sinovlari 15 avgustda yakunlangani va qonunchilikka muvofiq, mandat test jarayonlari tugaganidan so‘ng 1 hafta ichida e’lon qilinishi lozimligini aytib, hali kechikish holati qayd etilmaganini bildirdi.

«Mandat natijalari bugun kechqurun yoki ertaga kunduzi e’lon qilinadi», — dedi Rajabov. Kecha test sinovlari natijalari e’lon qilinmadi, demak mutasaddining va’dasiga ko‘ra bugun e’lon qilinishi lozim.

Joriy yilda har bir abituriyent bir paytda uchta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi ilk marta yo‘lga qo‘yilgani, ayrim imtiyozlarni uchta yo‘nalishda qo‘llash tartibi haligacha rasman ma’lum emasligi, Farg‘onadagi «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilari alohida kvotada qabul qilinadimi yoki asosiy kvota ichidami, bu ham noaniqligi ta’kidlanib, mazkur holatlar yakuniy natijalar kech chiqarilishiga sabab bo‘layotgani aytildi.

Tadbirda oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan toifalar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Barno Rajabov shular qatorida fan olimpiadalari, sport musobaqalarida g‘olib chiqqan va davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan 734 nafar abituriyent talabalikka tavsiya qilinganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring