Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU «Scopus Award»da 2019-yildagi eng sermahsul OTM deb e’tirof etildi

TATU «Scopus Award»da 2019-yildagi eng sermahsul OTM deb e’tirof etildi

Foto: TATU matbuot xizmati

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ilm-fanga ixtisoslashgan Elsevier  (Niderlandiya) kompaniyasi bilan birgalikda dunyoning eng yirik ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi bo‘lgan Scopus statiskasi bo‘yicha samarali faoliyat yuritayotgan OTMlarning va o‘zbekistonlik yetakchi olimlarning nomini e’lon qildi. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijalarga ko‘ra, TATU «Yilning eng sermahsul oliy ta’lim muassasasi» («Growth of the Year») sifatida e’tirof etildi va taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi bugun, 6-dekabr kuni «Zarafshon» kinokonssert zalida tashkil etilib, unda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari vakillari, Elsevier kompaniyasi mutaxassislari, xorijlik ekspertlar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari va doktorantlar ishtirok etishdi.

Foto: TATU matbuot xizmati

Ma’lumot uchun aytish joizki, taqdimotda 28 ta nominatsiya bo‘yicha 37 nafar olim va tadqiqotchi, oltita OTM va 1 ta ilmiy jurnal taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring