Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Sirtqi ta’limda ham 3 ta yo‘nalishni tanlasa bo‘ladimi?

Sirtqi ta’limda ham 3 ta yo‘nalishni tanlasa bo‘ladimi?

Savol: Sirtqi ta’lim shaklida ham uchta oliy ta’lim muassasasiga (yo‘nalishiga) topshirsa bo‘ladimi?

JAVOB: Ha, bo‘ladi. Abituriyentlar hujjat topshirayotganda fanlar bloki mos keladigan 3 ta sirtqi ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin.

Savol: Uchta OTMga topshirishda sirtqi va kunduzgiga topshirish imkoni bormi? Masalan, ikkita sirtqi va bitta kunduzgiga?

JAVOB: Yo‘q, mumkin emas. Bu yerda bir jihatni e’tiborga olish kerakki, tanlanayotgan 3 ta yo‘nalish albatta bitta TA’LIM ShAKLI doirasida bo‘lishi kerak.

Ya’ni bitta kunduzgi, bitta sirtqi, bitta kechki ta’limni tanlab bo‘lmaydi. Agar asosiy OTM sifatida kunduzgiga topshirayotgan bo‘lsangiz, demak qolgan 2 ta yo‘nalishni ham faqat kunduzgilar orasidan tanlay olasiz, sirtqi yoki kechki ta’limni qo‘sha olmaysiz. Yoki aksincha, agar sirtqiga topshirmoqchi bo‘lsangiz, demak barcha yo‘nalishlaringiz faqat sirtqi ta’lim doirasida bo‘lishi kerak.

Savol: O‘qishga topshirsak diplomimizni qaytarib berishadimi? Qaytarilgan taqdirda sirtqi ta’limga topshira olamanmi?

JAVOB: Kunduzgi yo‘nalishlarga hujjat topshirilganda diplom va pasport qaytarib beriladi, lekin bu abituriyentga sirtqiga topshirish imkonini bermaydi. DTMda baza bitta bo‘ladi va kunduzgiga topshirganlarni sirtqiga qabul qilishmaydi. Shuning uchun yoki kunduzgiga, yoki sirtqiga topshirishni oldindan aniqlab olishingiz kerak.

Savol: Agar testdlan yiqilgan taqdirda sirtqi ta’lim shakliga hujjat topshirsa bo‘ladimi?

JAVOB: Yo‘q, topshirib bo‘lmaydi. Kunduzgi yo‘nalishlarning javobi chiqqan paytda allaqachon sirtqiga hujjatlarni qabul qilish tugab bo‘lgan bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring