Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo hokimi eng zo‘r o‘qituvchilarga mashina va’da qildi

Sirdaryo hokimi eng zo‘r o‘qituvchilarga mashina va’da qildi

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev o‘qituvchilar uchun e’lon qilgan «Eng yaxshi maktab», «Eng yaxshi maktab direktori», «Eng yaxshi fan o‘qituvchisi» tanlovlari g‘oliblariga avtomobil sovg‘a qilinishini aytgan.

— Biz agar ta’limda sizlar bilan birgalikda natija qila olsak, tanlov nizomiga o‘zgartirishlar kiritib, sovg‘alarni yana ko‘paytiramiz. Buning uchun barchamiz ertangi kunimiz bo‘lgan yoshlarimizni yanada salohiyatli qilib tarbiyalamog‘imiz kerak, — degan viloyat hokimi.

Shuningdek, hokim tadbirda Sirdaryo viloyatidagi maktablarning ta’lim-tarbiya salohiyatini ko‘tarish, faoliyat samaradorligini oshirish borasidagi yangicha yondashuvlar bo‘yicha bir qator muhim ko‘rsatmalar bergan.

Tadbir davomida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sirdaryolik bir guruh fidoyi o‘qituvchilarga davlat mukofotlari topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring