Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov: «Cyentyabrda vaziyat yengillashsa, onlayn darslar bo‘lmaydi»

Sherzod Shermatov: «Cyentyabrda vaziyat yengillashsa, onlayn darslar bo‘lmaydi»

Foto:«Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida karantin davrida qabul jarayonini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov onlayn darslar va 1-sinflarni o‘qitish bo‘yicha savolga javob berdi. 

«Avvalo, darslar onlayn bo‘lishi to‘g‘risida rasman ma’lumot berildimi?! Yaxshi niyat qilaylik, virusdan qutulaylik. Boshlang‘ich ta’limda dunyo miqyosida onlayn maktab tajribasi o‘zini oqlasa, allaqachon shu tizimga o‘tilardi. Onlayn tizim bo‘lmasin.

Hozirgi holatdan ko‘rinib turibdiki, sentyabrga kelib, vaziyat yengillashsa, onlayn darslar bo‘lmaydi.

Xavfsizlik choralari ko‘rilsa, epidemiologik vaziyat yomonlashmasligi to‘g‘risida ham yondashuvlar bor. Bola maktabda bo‘lganda ham, darslar televideniye orqali bo‘ladi. Bu pandemiya tufayli emas. Maqsad uzoq hududlarga sifatli darslar orqali qo‘shimcha yordam bo‘ladi»- , deya ta’kidlagan Shermatov. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring