Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruchka haqida qiziqarli faktlar. Undan har yili qancha odam o‘ladi?

Ruchka haqida qiziqarli faktlar. Undan har yili qancha odam o‘ladi?

Kundalik hayotimizda ruchkaning o‘rni juda katta, ammo biz bu faktni har doim ham his qilavermaymiz. Quyida u haqida bir qator ma’lumotlar bilan tanishib olishingiz mumkin.

1. Ilk marotaba ishlab chiqarilgan avtoruchka bahosi 12 dollarga teng bo‘lgan. Hozirgi kunda shu pulga siz ruchka-radio sotib olishingiz mumkin.

2. Sharikli ruchkalar ilk bor 1945 yili sotuvga qo‘yilgan. Sharikli ruchka ishlab chiqarish uchun esa mutaxassislar 57 yil burun patent olishgandi. Birinchi kunning o‘zida o‘shanda 10 mingtadan ziyod sharikli ruchka sotilgan.

3. Psixologlarning gapiga qaraganda, fikrlash jarayonida ruchka kemirib o‘tiradiganlar tabiatan ijodkorlikka moyil bo‘lishadi.

4. Avtoruchkadan yer yuzining 92 foiz aholisi unumli foydalanadi.

5. Rossiya aholisi 140 million atrofida, ammo bu o‘lkada har yili 600 million dona ruchka ishlatiladi.

6. Kampuchiya hindular qabilasi yetakchisi qabiladoshlarga negadir avtoruchkadan foydalanishni, uni kissasida olib yurishni taqiqlab qo‘ygan. Kim ruchka bilan qo‘lga tushsa, otib o‘ldirilgan.

7. Bir dona yaxshi avtoruchkada 50 mingtaga yaqin so‘zni yozsa bo‘ladi.

8. Germaniyada yashovchi Anjelika Unverxau ismli ayol avtoruchkalarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda uning kolleksiyasidagi avtoruchkalar 160 ming turdan iborat.

9. Dunyo bo‘yicha har soniyada 125 ta avtoruchka sotiladi.

10. Har yili dunyoda 100 kishi avtoruchkaga tiqilib o‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring