Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rektorlari ishdan olingan OTMlarning 5tasi milliy reytingda oxirgi o‘rinlarda bo‘lgan

Rektorlari ishdan olingan OTMlarning 5tasi milliy reytingda oxirgi o‘rinlarda bo‘lgan

Kecha 10ta oliy ta’lim muassasasi rektorlari ishdan olingani haqida xabar tarqatilgan edi. Va’zirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi Feruza Madrahimova tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu OTMlarning beshtasi milliy reytingda oxirgi 10talikda bo‘lgan.

Bular:

Navoiy davlat pedagogika instituti — 48-o‘rin,
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti — 49-o‘rin,
Namangan davlat universiteti — 50-o‘rin,
Qo‘qon davlat pedagogika instituti — 56-o‘rin,
Jizzax davlat pedagogika instituti — 57-o‘rin. Ushbu ta’lim muassasasi reytingda oxirgi o‘rinda bo‘lgan.

Shuningdek,

Toshkent kimyo-texnologiya instituti — 33-o‘rin,
Namangan muhandislik-qurilish instituti — 34-o‘rin,
Samarqand davlat tibbiyot instituti — 35-o‘rin.

Reytingda 18-o‘rinda bo‘lgan Toshkent davlat Pedagogika universiteti rektori oxirgi, 57-o‘rindagi JDPIga rektor bo‘ldi. Sakkizinchi o‘rindagi Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori 35-o‘rindagi SamDTIga rektor bo‘ldi.

Yangi rektorlar faoliyat natijalarini 2020 yildagi OTMlar milliy reytingi ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring