Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shko‘pirda bitta maktab bor...

Qo‘shko‘pirda bitta maktab bor...

Foto: «Xabar.uz»

Maktabning yangi binosi 2007-yil ishga tushirilgan. Aslida 315 o‘ringa mo‘ljallangan bino eski maktabga qo‘shimcha sifatida qurilishi kerak edi. Eski bino 1960-yillarda loydan qurilgani hamda uning aholi zich joylashgan mavzeda joylashganligi bois yangi binoni katta asfalt yo‘l yaqinida barpo etildi.

Dastlabki yillari boshlang‘ich sinflar eski binoda, yuqori sinflar yangi binoda o‘qib turishdi. Endilikda maktabning eski binosi ham yiqilib ketdi. Tomoshaning zo‘ri ana shundan so‘ng boshlandi. 10 ta sinf xonasiga ega bo‘lgan kichkina bir maktabda endilikda 520 o‘quvchi 22 sinfda 2 smenada bazo‘r sig‘ishib o‘qishmoqda.

Direktor xonasi sport zalining bolalar yechinish xonasiga, maktab kutubxonasi o‘g‘il bolalarning yechinish xonasiga, o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari xonasi jismoniy tarbiya va madaniyat o‘qituvchisining xonasiga joylashtirildi.

Fizika, kimyo va biologiya fanlari laboratoriyalari sinf xonalariga aylantirildi. O‘qituvchilar xonasiga joy bo‘lmaganidan hozircha maktab foyesidan foydalanishmoqda. Tadbirlar esa sport zalida o‘tkazilmoqda. Joriy yilda 10-11 sinflar qo‘shilishi tufayli o‘qish 3 smenada tashkillashtirish rejalashtirilyapti.

Maktab hududi keng, 2 gektar yer maydonda joylashgan.

— Mutasaddilar maktabga e’tibor qaratib, unga yana bir bino qurib berishmasa bo‘lmaydi, — deydi keksa onaxon J.Jumayeva. — Kollejlar soni qisqargani sabab bolalarimiz 10-11 sinflarni o‘rta maktabda davom ettiryapti. Ularga o‘quvchilar bir sinfda zo‘rg‘a sig‘ishib o‘qishyati.

Maktabda direktor, uning o‘rinbosarlari, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi uchun xonalar va ma’naviyat zali kerak.

Hududda gaz bosimi pastligini uchun ko‘mirdan foydalaniladi. Ko‘mir zahirasini saqlash uchun esa maxsus ombor yo‘q. Maktabga toza ichimlik suvi ulanmagan. O‘z binosi bo‘lmagani sabab «Paxtakor» fuqarolar yig‘ini mutasaddilari ham maktab sport zalining bir burchagida zo‘rg‘a sig‘ishib o‘tirishardi. Yaxshiyamki, ular yaqinda boshqa joyga ko‘chishibdi...

Erpo‘lat BAXT

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring