Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qabul tugadi! Bir milliondan ortiq abituriyent talaba bo‘lish uchun kurashadi

Qabul tugadi! Bir milliondan ortiq abituriyent talaba bo‘lish uchun kurashadi

Фото: «ЎзА»

2019/2020-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlandi! Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 30 ta filiallariga kirish uchun 1 mln. 66 ming 925 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi:

  • Kunduzgi ta’limga - 718 097 nafar;
  • Kechki ta’limga - 13 821 nafar;
  • Sirtqi ta’limga - 335 007 nafar.

Quyidagi OTMlarda eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan:

  1. Samarqand davlat universiteti - 74 377 nafar
  2. Andijon davlat universiteti - 45 977 nafar
  3. Qarshi davlat universiteti - 44 676 nafar
  4. Farg‘ona davlat universiteti – 42118 nafar
  5. Urganch davlat universiteti – 39 405 nafar

Tanlov ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari:

  1. O‘zMU Jizzax filiali – 29.47
  2. Andijon tibbiyot instituti – 21.49
  3. Samarqand davlat universiteti – 17.97
  4. Termiz davlat universiteti Denov filiali – 17.33
  5. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali – 17.11
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring