Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amiti Universitetida 2020/2021-o‘quv yili uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda

Amiti Universitetida 2020/2021-o‘quv yili uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda

Toshkent shahridagi Amiti Universiteti – turli xil yo‘nalishlardagi bakalavr va magistratura dasturlarini taklif etadi.

Universitet Toshkent shahrida 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, «Amity Education Group» dunyoga mashhur o‘quv guruhi tarkibiga kiradi. Shuningdek, uning tarkibiga AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Niderlandiya, Singapur, Xitoy, Janubiy Afrika, Hindiston va boshqa mamlakatlardagi kampuslardagi 6000 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va 175000 dan ortiq talabalar kiradi.

Amity Education Group – universitetlari xalqaro QS va THE reytinglariga ko‘ra dunyodagi eng yaxshi universitetlarining 3% safida turadi. Shuningdek, AQSh hamda Buyuk Britaniyada mintaqaviy AKKREDITATsIYadan o‘tgan Osiyodagi yagona oliy o‘quv yurtidir.

Universitetda axborot texnologiyalari, kompyuter muhandisligi, iqtisodiyot, turizm menejmenti va biznes boshqaruvi sohasidagi xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning boshqa oliy ta’lim muassasalaridan avzalliklari sifatida dunyodagi yetakchi universitetlar bilan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik, zamonaviy infratuzilma, universitetning global bitiruvchilar tarmog‘iga kirish va ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish kabilarni kiritish mumkin. Shu bilan bir qatorda 17 xalqaro kampusdan birida chet elda o‘qish va stipendiyalar va yuqori texnologiyali laboratoriyalarda tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Toshkent shahridagi Amiti Universitetida siz nafaqat nufuzli ma’lumotga ega bo‘lasiz, balki xalqaro ilmiy hamjamiyatning bir qismiga aylanasiz.

Eslatib o‘tamiz, yangi 2020/2021-yil uchun hujjatlar qabul qilish boshlangan va bugungi kunga qadar 2 000 dan ortiq arizalar topshirilgan.

Hujjatlarni topshirish jarayoni onlayn rejimida amalga oshiriladi, to‘liq ma’lumotni: http://amity.uz/Application.aspx havolasi orqali olish mumkin.

Hozirgi qiyin vaziyatda «IELTS» imtihonini topshirish imkoniga ega bo‘lmagan abituriyentlar uchun IELTS indicator (online test) hujjatini topshirish imkoniyati beriladi va faqat Foundation uchun IELTS sertifikati taqdim etish MAJBURIY EMAS.

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Telegram: t.me/amityuniversitytashkent
Facebook: fb.com/amityuniversityuz
Instagram: @amity_university_uz

+998712079006
+998712079007

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring