Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maktablari saralash imtihon natijalari e’lon qilindi!

Prezident maktablari saralash imtihon natijalari e’lon qilindi!

Joriy yilning 29-iyunidan 2-iyuliga qadar o‘tkazilgan saralash imtihon natijalari 16-iyul kuni «Cambridge Assessment International Education» tashkiloti veb-saytida e’lon qilindi.

Test natijalarini kompyuter ishlatgan holda ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: 

Ushbu ko‘rsatilgan veb-saytga kirganingizdan so‘ng:

  1. Talabgor topshirgan hududini tanlang.

         (Toshkent, Namangan, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi). 

  1. So‘ngra Prezident maktablariga topshirgan sinfini tanlang.

         (5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinf).

  1. Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan 11 raqamlik maxsus identifikatsiya raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
  2. Yakuniy bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
  3. Yakuniy bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

E’lon qilinadigan natijalar namunasi quyidagi rasmda keltirilgan.

Ushbu ko‘rsatilgan ro‘yxat NAMUNA ekanligini unutmang!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyun 526-sonli qarorining «Prezident maktablari to‘g‘risidagi Nizom» 41-bandiga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot — «Cambridge Assessment International Education» tomonidan amalga oshiriladi. Natijalar anonim tarzda e’lon qilinadi. Nomzodning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilmaydi.

Shuningdek, Prezident maktablari nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va qabul qilish tartibi bo‘yicha ma’lumotlarni rasmiy veb-sayt orqali olishingiz mumkin.

Asosiy imtihonlar 21-24-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yakuniy bosqichga saralash imtihonida qatnashgan 27 119 nomzoddan 11 520 tasi (42,5%), ya’ni qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan talabgorlar yo‘llanma olishadi.

Nomzodlar asosiy imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari maqsadida Angliyaning Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan Prezident maktablariga kirish imtihoni savollar namunasi ingliz tilida taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring