Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik rektor Global konfederatsiya Ijro qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekistonlik rektor Global konfederatsiya Ijro qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi

TIQXMMI rektori O‘ktam Umurzoqov.

Foto: Institut matbuot xizmati

Yaqinda Xitoyning Nankin shahrida Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari assotsiatsiyalari Global konfederatsiyasi (GCHERA) bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosh assambleyada O‘zbekiston Respublikasi va konfederatsiya tarixida ilk bor TIQXMMI rektori O‘ktam Umurzoqov GCHERAning Ijro qo‘mitasiga 4 a’zodan biri sifatida kiritildi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

TIQXMMI rektori Xitoyga safari davomida XXRning Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti (ShG‘QO‘XU) bilan muzokara o‘tkazib, ilmiy tadqiqot institutlari, o‘quv laboratoriyalari, universitet muzeyi hamda tajriba uchastka va stansiyalarini masofaviy monitoring markazi bilan yaqindan tanishdi.

Muzokaralar davomida TIQXMMI o‘quv xo‘jaligi qoshida Xitoy-O‘zbek Suv tejovchi qishloq xo‘jaligi ilmiy texnologik parkini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Ushbu ilmiy texnologik park O‘rta Osiyoda Xitoy-O‘zbek hamkorligining ilk modeli bo‘lib, qishloq xo‘jaligi fanlari va texnologiyalari, innovatsiya hamda ishlanmalarni tadbiq etish bo‘yicha muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Safar chog‘ida Pekin shahrida Geoinformatsion tizimi (GIS) dasturiy mahsulotlari va texnologiyalari xalqaro konferensiyasi (GTC 2019 – GIS Software Technology Conference) doirasida SuperMap Software forumi tashkil etildi.

Shu kuni TIQXMMI rektori O‘ktam Umurzoqov, CASCADE ijrochi kotibi, professor Alim Po‘latov va SuperMap Software vitse-prezidenti Du Chinge xonim o‘rtasida tantanali ravishda hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Imzolangan hamkorlik shartnomasi TIQXMMI va CASCADE Konsorsiumiga O‘zbekiston  Respublikasi hamda O‘rta Osiyoda SuperMap dasturlarining birinchi litsenzion foydalanuvchilari bo‘lib, talabalar, magistrantlar, doktorantlarga, shuningdek vazirlik va qo‘mitalarning mutaxasislarini malakalarini oshirishda dars jarayonlarini ushbu platformada olib borish imkoniyatini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring