Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Turkiyaning Baxchishehir universiteti filiali tashkil etiladi

O‘zbekistonda Turkiyaning Baxchishehir universiteti filiali tashkil etiladi

Foto: «Woe.kg»

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Tibbiy-sanitariyasohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvarga qadar:

  • Sog‘liqni saqlash hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti hamda Turkiya Baxchishehir universitetining filiallari va klinikalarini O‘zbekistonda tashkil etish yuzasidan;
  • mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida xalqaro reytinglarga kiruvchi nufuzli xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida xalqaro fakultetlar, shuningdek, filiallarni ochish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster va Akfa universitetlarini jalb qilgan holda ushbu universitetlar hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab sog‘liqni saqlash sohasi uchun menejer mutaxassislarni (Master of Healthcare Administration) tayyorlash bo‘yicha magistrlik yo‘nalishi joriy etiladi.

2020/2021 o‘quv yilida sog‘liqni saqlash sohasi uchun 20 nafar menejer mutaxassis magistrlik yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlanadi.

2020 yil 1 avgustga qadar mutaxassislik yo‘nalishlarida asosiy hisoblangan xalqaro tan olingan mualliflarning adabiyotlari, shuningdek, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini qo‘llash bo‘yicha xorijiy darsliklarni mualliflik huquqlar talablariga rioya qilgan holda belgilangan tartibda o‘zbek tiliga tarjima qilish asosida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Vazirlik hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 sentyabrdan Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida joylashgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring