Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston instituti dunyoning kuchli universitetlari reytingiga kirdi

O‘zbekiston instituti dunyoning kuchli universitetlari reytingiga kirdi

Foto: «Google.com»

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba QSning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari reytingida qayd etildi. Reyting 2020 yil uchun o‘tkazilgan.

«Bu Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Respublika oliy ta’lim muassasalarini xalqaro nufuzini oshirish maqsadida Times Higher Education va QS kabi dunyoning yetakchi xalqaro agentliklari bilan so‘nggi ikki yil ichida olib borgan hamkorligi natijasidir», deyiladi xabarda.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti QS reytingida akademik so‘rovnoma, ish beruvchilarning bahosi va ilmiy salohiyati kabi mezonlarda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari o‘rtasida ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etib, 301-350 o‘rinlar oralig‘idagi universitetlar qatoridan joy oldi.

(Ma’lumot uchun: QS reyting agentligi tomonidan ilmiy tadqiqotlarga 20%, akademik so‘rovnomaga (jahon OTMlariga o‘rganilayotgan universitet yuzasidan so‘rovnoma yuborish, jahon OTMlari uchun tanilishda ilmiy tadqiqot ishlarining roli yuqori) 30%, ish beruvchilar so‘rovnomasiga 20%, o‘quv jarayoniga 15%, boshqalarga 15% ajratilgan.)

Ushbu reytingda birinchi o‘rinni Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va ikkinchi o‘rinni Sankt-Peterburg davlat universitetlari egalladi. Reytingda Rossiya, Chexiya, Turkiya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Sloveniya, Xorvatiya, Belarus, Bolgariya kabi davlatlarning yetakchi universitetlari joy oldi.

Hozirda vazirlik tomonidan xalqaro ekspertlar bilan birgalikda respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich xalqaro reytingga kiritishga tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Xorijiy ekspertlar tomonidan respublikaning 10 ta oliy ta’lim muassasasi (O‘zMU, TIQXMMI, TDTU, TATU, SamDU, TDAU, UrDU, TTA, Turin politexnika universiteti, QQDU) tanlab olindi va ularning Times Higher Education va QS bazasida tegishli profillari yaratildi. Ekspertlar shu 10 ta oliy ta’lim muassasasi bilan yaqindan ishlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring