Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi tuziladi

O‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi tuziladi

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi

Bugun, 24-may kuni Toshkent shahrida «Bolalarning barvaqt rivojlanishida innovatsion yondoshuvlar» deb nomlangan birinchi o‘zbek-xitoy forumi boshlandi.

Forum maktabgacha ta’lim sohasi va o‘zbek tadbirkorlarining ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish mutaxassislari bilan Xitoy Xalq Respulikasi biznes vakillari o‘rtasidagi tajriba almashinuvi uchun samarali  maydon bo‘ldi. Tadbir doirasida rivojlantiruvchi o‘yinlar, o‘yinchoqlar va o‘yin uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasini tashkil etish imkoniyati muhokama etildi.

«Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi o‘zining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yinlar, o‘yinchoqlar va didaktik materiallar ko‘rgazmasida ham ishtirok etdi. Agar ushbu korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilsa, bog‘chalarimizni sifatli va xavfsiz rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlarning keng assortimenti bilan ta’minlab beradi», — dedi o‘z ma’ruzasida Maktabgacha ta’lim vaziri Agreppina Shin.

Vazirlik va idoralar, Sun Siplin nomidagi jamg‘arma, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, davlat va xususiy,  davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan bog‘chalar rahbarlari ishtirok etgan ushbu anjuman doirasida Xitoyda maktabgacha ta’limning rivojlanishi, matematika bilimlarini o‘zlashtirish monitoringi va jamoada ishlash qobiliyatining shakllantirilishi masalalariga ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring