Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlarga to‘lov-kontraktlarni to‘lash muddati uzaytirildi

OTMlarga to‘lov-kontraktlarni to‘lash muddati uzaytirildi

Foto:«Xabar.uz»

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra OTMlarga to‘lov-kontrakt to‘lash muddati joriy yil 31-dekabr kunigacha uzaytirilgan. 

Bu ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 20-dekabrdagi 6-son bayonida ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta’lim shakllari) hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar hamda xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larining birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati etib 2019-yil 31- dekabr (shu kuni ham) belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring