Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMga qabul bo‘yicha yangi o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

OTMga qabul bo‘yicha yangi o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni joriy etish chora-tadbirlari belgilanmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yilidan tajriba sinov tariqasida OTMga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan hududdagi umumiy o‘rta maktab va akademik litsey, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab barcha umumiy o‘rta maktab, akademik litsey va qabuli 9-sinf negizi asosida amalga oshiriladigan kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda OTMga kirish imtihonlar unifikatsiya qilinib, yagona test sinovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Belgilanishicha, umumta’lim muassasalari bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni sifatida uchta fan ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan OTMga kirish istagini bildirgan bitiruvchilar esa shaxsiy tanloviga ko‘ra, ixtiyoriylik asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlardan test sinovlari topshiradi.

Qayd etishicha, abituriyentga test sinovi topshirilgan fani bo‘yicha 3 yil muddatga amal qiladigan abituriyent elektron sertifikati beriladi.

Shuningdek, OTMga o‘qishga kirish bo‘yicha test sinovlari umumta’lim muassasalari joriy yil bitiruvchilari uchun may-iyun va avvalgi yillarda tugatganlarga iyun-iyul oylarida o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring