Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OTM talabalariga akademik ta’til berish tartibi qanday?

OTM talabalariga akademik ta’til berish tartibi qanday?

Foto:«Pv.uz»

O‘zbekiston OTM talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

- harbiy xizmatni o‘tash uchun;
- salomatligini tiklash uchun;
- homiladorlik va tug‘ish uchun;
- bolalarni parvarish qilish uchun.

Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

- harbiy xizmatni o‘tash uchun – harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
- salomatligini tiklash uchun – 12 oy muddatga;
- homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun – homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga.

Talabalarga o‘qish davomida 2 marta, (tibbiyot ta’lim muassasalari talabalariga 3 martagacha) akademik ta’til berilishi mumkin.

1-kurs talabalariga akademik ta’til faqat ularning kasalligi tufayli beriladi.

Akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring