Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OTM rektorlari pora olmaslikka va’da berdi

OTM rektorlari pora olmaslikka va’da berdi

«Davletovuz» kanalida Oliy ta’lim sohasi vakillarining O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaati matni paydo bo‘ldi. 

«Bugun oliy ta’lim tizimiga juda katta e’tibor ko‘rsatilayotgan bir paytda yoshlarning vatanparvar, yurtga sadoqatli va har jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga tahdid solayotgan korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!» deyiladi murojaatda. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimining barcha rahbar va xodimlari oliy ta’lim sohasidagi islohotlarning o‘ta muhim ahamiyatini va dolzarbligini to‘liq anglagan holda: 

birinchidan, oliy ta’lim muassasalarida tajribali, halol va pok vijdonli, mas’uliyatli professor-o‘qituvchi va xodimlardan shakllantirib, ularning vazifalarini aniq belgilab berish;

ikkinchidan, abituriyentlarning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish jarayoniga, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishga, talabalar bilimini baholashga hamda o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashga ruxsat etilgan fuqarolarning o‘qishlarini boshlashi uchun turli xil sun’iy to‘siqlarga, fuqarolardan har xil noqonuniy to‘lov undirilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga ko‘maklashadigan «Jamoatchilik kengashi»ni tashkil etib, adolat va shaffoflikni ta’minlash;

uchinchidan, talabalarning o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash to‘g‘risidagi arizalarini qabul qilish jarayonida murojaatni rad etish, ortiqcha hujjatlar talab qilish holatlarining oldi olinishini, shuningdek, fuqarolarning arizalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash;

to‘rtinchidan, professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rib, ularning faoliyatini doimiy tahlil qilib boramiz, baholash mezonidagi shaffoflikni kuchaytirib, adolat ularning bilimini baholashda asosiy indikator bo‘lishini belgilovchi choralarni ko‘rish;

beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning (davlat budjeti, shu jumladan, markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan, o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg‘armasi va grant mablag‘lari hisobidan) amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga rioya qilinishini, xarajatlar smetalarini shakllantirish tartibiga amal qilish va ichki moliyaviy taftish ishlari takomillashtirilishini, ushbu jarayonda korrupsiyaga oid holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etilishini qat’iy nazoratga olish;

oltinchidan, kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va tatbiq etish, nazorat-monitoring, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimini ko‘tarish, ta’lim muassasalarini maqsadli o‘rganish kabi masalalar bilan bog‘liq barcha ishlarda korrupsiyaning oldini olish va shaffoflikni ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish;

yettinchidan, tizimdakorrupsiyaning oldini olish va barcha jarayonlarda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy tadbirlar (o‘rganishlar, ijtimoiy so‘rovlar, tanlovlar va boshqalar) tashkil etish belgilangan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring