Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktab o‘quvchilari uchun insholar tanlovi o‘tkaziladi. G‘oliblar taqdirlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun insholar tanlovi o‘tkaziladi. G‘oliblar taqdirlanadi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Nima deb o‘ylaysiz...?» rukni ostida insholar tanlovini e’lon qiladi. Bu haqda inspeksiya boshlig‘i maslahatchisi Feruza Madrahimovaning kanalida ma’lum qilindi.

Tanlovda umumta’lim maktablarning 6-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda o‘zbek va rus tillarida yozilgan insholar qabul qilinadi.

Insholar joriy yilning 20 apreliga qadar qabul qilinadi!

Tanlov davomida sinflar quyidagi guruhlarga ajratiladi va har bir guruh bo‘yicha 1-2 va 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanadi:

- 6-7 sinflar;
- 8-9 sinflar;
- 10-11 sinflar.

Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar beriladi:
1-o‘rin uchun – Planshet (3 nafar birinchi o‘rin);
2-o‘rin uchun – Elektron kitob (3 nafar ikkinchi o‘rin);
3-o‘rin uchun – Smart-soat (3 nafar uchinchi o‘rin).

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirishingiz va inshoni jo‘natishingiz lozim: https://forms.gle/SWAN2DWKoAhGRWGW8.

Insho mavzulari va belgilangan talablar bilan www.tdi.uz sayti va @uztdi telegramm kanali orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring