Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy ta’lim tizimi «Korrupsiyasiz soha»ga aylanishi kutilmoqda

Oliy ta’lim tizimi «Korrupsiyasiz soha»ga aylanishi kutilmoqda

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida oliy ta’lim tizimida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirishga qaratilgan videoselektor shaklidagi seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Seminarda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar hamda «Yo‘l xaritasi» 7 ta bo‘limni, ya’ni umumiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, qabul jarayoni, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga tiklash va nostrifikatsiya, OTMlar faoliyatini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni o‘z ichiga olishi, shuningdek, 42 ta band ijrosiga vazirlik mas’ul etib belgilangani to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Qolaversa, vazirlik «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ham batafsil bayon qildi.

Shu tartibda, Bosh prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i Ismailov Bahodir Islamovich «Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati», ushbu markaz katta prokurori Xudayberdi Tursunbekov «Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish va «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi»ning mazmun-mohiyati», Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Toshmatov Salohiddin Zayniddinovich «Ta’lim tizimida budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash» mavzularida ma’ruza qildilar.

Seminar yakunida bu muhim masalada belgilangan vazifalarni hamma mas’ul va manfaatdor tomonlar, ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda sidqidildan bajarishga va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tizimning barcha salohiyatini safarbar etishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring