Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nobel mukofoti sovrindori Toshkentga keldi

Nobel mukofoti sovrindori Toshkentga keldi

Foto: Institut matbuot xizmati

Bugun, 7-noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Nobel mukofoti sovrindori Dan Shextman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov xabar berdi.

Uchrashuvda Dan Shextman bilan birga Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Eddi Shapiro, Innovatsion rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Azimjon Nazarov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari U. Begimqulovlar ishtirok etishdi.

Foto: Institut matbuot xizmati

Dan Shextman Isroil texnologiya instituti professori, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati hisoblanadi. Olim «kvazikristal»larni kashf etgani bois, 2011-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq topilgan. Shuningdek, professor D.Shextman Isroil Fanlar akademiyasi, AQSh milliy texnik akademiyasi hamda Yevropa fanlar akademiyasi a’zoligiga saylangan.

Institutda o‘tkazilayotgan tadbir olim bilan o‘zaro do‘stona va ijodiy muloqot tarzida kechgan.

Tadbir nihoyasida institut rektori O‘.Umurzoqov xalqaro maydondagi nufuzli mehmon Dan Shextmanga hamda Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Eddi Shapiro janoblariga esdalik sovg‘alari va nishonlarni taqdim etdi.

Shuningdek, Dan Shextmanga institutning faxriy professori unvoni taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring