Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligi hamda Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi o‘tkazildi

Mudofaa vazirligi hamda Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari  o‘rtasida fan olimpiadasi o‘tkazildi

Joriy yilning 20 fevral kuni Andijon viloyati Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya hamda Xalq ta’lim vazirligining 2019 yil 28 dekabr kunidagi O‘zbekiston Respublikasi kuch tuzilmalariga qarashli “Temurbeklar maktabi” va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Bilimdon vatanparvar” respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi qo‘shma qarori asosida matematika fizika va tarix fanlaridan respublika fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur fan olimpiadasida matematika fani bo‘yicha 1-o‘rinni IIV Buxoro  akademik litseyi o‘quvchisi Habibov Azizbek Hamidovich, 2-o‘rinni IIV Jizzax akademik litseyi o‘quvchisi Narzullayev Tolib O‘rol o‘g‘li, tarix fanidan 1-o‘rinni IIV Samarqand akademik litseyi o‘quvchisi Shukurov Shohjahon Sheraliyevich, 2-o‘rinni IIV Jizzax Akademik litseyi o‘quvchisi Toshtemirov Dilshod Oybek o‘g‘li, 3-o‘rinni IIV Surxondaryo litseyi o‘quvchisi Sharipov Asilbek Dilmurod o‘g‘li egalladi.

Umumjamoa hisabida IIV akademik litsey o‘quvchilari 2 ta 1-o‘rin, 2 ta 2-o‘rin va 1 ta 3-o‘rin bilan fan olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi. Olimpiada ochiqlik, odillik va shaffoflik prinsiplari asosida o‘tkazildi. G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar berilishi bilan birga barcha jamoalarga tashakkurnoma hamda ishtirokchilarga sertifikatlar berildi.

Z.S. Primqulov,
Ichki ishlar vazirligi xodimi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring