Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank saralab olinadigan talabalarga stipendiya beradi

Markaziy bank saralab olinadigan talabalarga stipendiya beradi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi oliy ta’lim muassasalari «bank ishi» va «axborot texnologiyalari» yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturaning kunduzgi bo‘limi oxirgi kursida hamda magistratura bosqichida ta’lim olayotgan, tanlov asosida saralab olinadigan talabalarga tayinlanadi.

2019/2020 o‘quv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1 oktyabrdan boshlab tayinlanadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati - 2019 yil 5 - 15 sentyabr, ko‘rib chiqish va tanlov muddati - 16 sentyabr - 25 sentyabr.

Markaziy bank stipendiyasi respublika hududida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Markaziy bank stipendiyasini tayinlash uchun qo‘yidagi mezonlar belgilanadi:

o‘quv jarayonida (so‘nggi semestr natijalariga ko‘ra) yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;
davlat tili, rus tili va bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi
(IELTS - 7.0 / TOEFL - 94 sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar ingliz tili test sinovidan ozod etiladi);
bank va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro yoki respublika olimpiadasi g‘olibi yoki sovrindoriga ustuvorlik beriladi.

Bog‘lanish uchun telefon raqamlari: (71) 212-6064, 212-6044.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring