Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda yangi lavozim joriy etiladi

Maktablarda yangi lavozim joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Tegishli qonun loyihasiga ko‘ra, Maktablarda yo‘l harakati qoidalari bilan shug‘ullanuvchi katta inspektor lavozimi joriy qilinadi. Katta inspektor lavozimi amaldagi shtat birligi doirasida joriy etiladi.

Katta inspektorlar targ‘ibot olib borish, tadbirlar tashkillashtirish, ularni OAVda yoritish, yo‘l harakati qoidalarining o‘qitilishini monitoring qilib borish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek:

- Xalq ta’limi vazirligi ikki oy muddatda har bir umum ta’lim maktab 9–11 sinf o‘quvchilari orasidan yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qiluvchi 1 nafar «Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi»ni tanlab olish choralarini ko‘rilishi;

- Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda ta’lim muassasalarida ko‘ngilli yoshlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi «Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi» klubini tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring