Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti» tasdiqlandi

«Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti» tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan «Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti» tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, davlat standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

- Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari.

Shu bilan birga, bolaning o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatining bir qismi hisoblanadigan «Men» konsepsiyasi davlat talablarining asosiy prinsiplaridan etib belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring