Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlandi

Magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlandi

Foto:«Academy-gp.kz»

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi magistraturaga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish istagida bo‘lgan abituriyentlarga muhim yangilikni e’lon qildi. 

Unda ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida» Nizomga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi qarorida belgilangan tartibga asosan 2019-2020 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari 2019-2020 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxatiga kiritilmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklar, shuningdek, «Chaqiriqqacha harbiy ta’lim», «Xoreografiya (turlari bo‘yicha)», «Dirijyorlik (turlari bo‘yicha)», «Rejissyorlik (turlari bo‘yicha)», «Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha)» «Veterinariya» ta’lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklardan tashqari istalgan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashish huquqiga ega.

Magistratura mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini bitirgan bakalavrlardan tashqari, boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari davlat grantlari asosida belgilangan maqsadli qabul parametrlari mavjud magistratura mutaxassisliklarida tanlovda qatnasha olmaydilar.

Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring