Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TDTU hududida 40 ta quyosh panellari o‘rnatildi

TDTU hududida 40 ta quyosh panellari o‘rnatildi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Kadrlar tayyorlashda ish beruvchilar bilan yaqindan hamkorlik qilish, o‘quv jarayonlarini bevosita amaliyot bilan uyg‘un tashkil etish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yurtimizdagi ishlab chiqaruvchilar va xususiy tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

Vazirlik «O‘zeltexsanoat» uyushmasi va «CHINT Electric» O‘zbek-Xitoy qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda Toshkent davlat texnika universiteti hududida 10 kVa/soat quvvatiga ega 40 ta quyosh panellari o‘rnatildi.

Loyiha doirasida universitetning Energetika fakulteti talabalari va o‘qituvchilari uchun «Elektr uskunalarini tekshirish va nazorat qilishni innovatsion boshqarish o‘quv-laboratoriya xonasi» ham to‘liq jihozlab berildi.

Zamonaviy jihozlangan laboratoriyada talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va ixtirolarini sinovdan o‘tkazish, elektr uskunalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa elektrotexnika sanoati sohasida kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yaxshilanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring