Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada shifokorlikka qiziqish kuchayib ketdi

Italiyada shifokorlikka qiziqish kuchayib ketdi

Foto: «Smapse.ru»

Bu yil Italiyada tibbiyot va stomatologiya fakultetlariga kirish uchun 68 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirdi. «Il Fatto Quotidiano» yozishicha, bu tarixiy rekorddir.

Ammo tibbiyot va jarrohlik, shuningdek, stomatologiya yo‘nalishlarida qabul uchun ajratilgan o‘rinlar o‘sha-o‘sha — 13 mingtadan ozroq. Bitta o‘rin uchun o‘rtacha 5,2 nafar abituriyent kurashayotganini anglash qiyinmas.

E’tiborli jihati, Italiya hukumati va tibbiyot kasaba uyushmalari bu sohaga mutaxassislar yetishmasligidan shikoyat qilishgandi. Masalan, vrach qabulida uzoq vaqt kutib qolishga aynan shu narsa sabab bo‘lyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring