Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Test sinovlari natijalari bo‘yicha ishlar yakunlandi — DTM

Test sinovlari natijalari bo‘yicha ishlar yakunlandi — DTM

Foto: «Xabar.uz»

Davlat test markazi tomonidan barcha abituriyentlarning test sinovida to‘plagan natijalari bo‘yicha ishlar yakuniga yetdi.

Lekin joriy yilda ko‘plab imtiyozlar (harbiy xizmatchilarning farzandlari, IIV organi xodimlari farzandlari, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi, xotin-qizlar va So‘x tumani uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari va boshqalar) ham test sinovlari orqali talabalikka qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga, ham kasbiy (ijodiy) imtihon orqali qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga tatbiq etilayotganligi hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 20 sentyabrga qadar davom etganligi sababli, tanlov natijalarini hisoblash ishlari endi yakunlanmoqda.

Hozirda barcha oliy ta’lim muassasalaridan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yagona bazaga yig‘ilmoqda va bu natijalar test sinovlari natijalari bilan birga hisoblanmoqda.

Mazkur jarayon yakuniga yetgach, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring