Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inha bitiruvchisi EPAM Global kompaniyasida katta dasturchi lavozimida ish boshladi

Inha bitiruvchisi EPAM Global kompaniyasida katta dasturchi lavozimida ish boshladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi AQShdagi (Filadelfiya, Pensilvaniya shtati) EPAM Global kompaniyasiga ishga joylashdi. Darxonbek Mamataliyev EPAM Global kompaniyasida katta dasturchi (Senior Software Engineer) sifatida ish boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 23 fevral kuni Toshkentdagi Inha universitetida (IUT) O‘zbekistonda EPAM INSIDER’ning birinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda kompaniya mutaxassislari dunyo yetakchilariga kelajakdagi texnologiyalarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va amalga oshirishda qanday yordam berishlarini aytib berishdi.

2019 yil 26 iyulda rektor vazifasini bajaruvchisi Muzaffar Jalolovning Belorusiyaga tashrifi vaqtida universitet va EPAM Systems kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

«Men Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyatidan juda minnatdorman. Universitet talabalarning intellektual va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va rivojlantirish maqsadida ko‘plab loyihalar tashkil etadi.

IUT’ning IT-loyihalari va tadbirlarida ishtirok etganimiz tufayli biz kelajak uchun real hayotda yordam beradigan bebaho tajribaga ega bo‘ldik. Shu bilan birga universitet yoshlarning ijodiy salohiyatini har tomonlama rivojlantirish va shakllantirishda katta istiqbollarni ochishga yordam berdi, individual xususiyatlarni namoyon qilish va kommunikativ, yetakchilik, tashkiliy kabi turli ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. Motivatsiya va olingan bilim meni maqsadga erishishga undadi».

Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘z bitiruvchilari bilan faxrlanadi va Darxonbekka muvaffaqiyat tilaydi!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring