Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikkita dolzarb mavzudagi onlayn konferensiya o‘tkazildi

Ikkita dolzarb mavzudagi onlayn konferensiya o‘tkazildi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti xotin-qizlar kengashining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent Davlat Yuridika universiteti hamkorligida «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda gender tengligi» mavzusida onlayn konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov xabar berdi.

Institutning ZOOM platformasida tashkil etilgan konferensiyaga TIQXMMI Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Zuhra Ismailova moderatorlik qildi.

Institutning birinchi prorektori Bahodir Mirzayev konferensiya ahamiyati va mohiyatiga daxldor mulohazalarini bildirish asnosida tadbirni ochib berdi.

So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, polkovnik Umida Abdullayevaga so‘z berildi.  U «Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan jabrlanuvchilarni himoya qilish ishlarining samaradorligini oshirish» hamda «Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi to‘g‘risida» o‘z mulohazalarini bildirdi.

Keyin «O‘zbekistonda gender tengligi va gender siyosati» mavzusida Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri Dilfuza Abdullayeva ma’ruza qildi.

Navbatdagi ma’ruza mavzusi «O‘zbekiston milliy qonunchiligida gender tenglik masalalari» deb nomlangan bo‘lib  bu bo‘yicha Demokratiya va inson xuquqlari instituti direktori o‘rinbosari, yu.f.n. Birlashgan millatlar Tashkiloti gender tengligi buyicha xalqaro ekspertizasi mudiri Shoira Umarova chiqish qildi.

Shu asnoda konferensiya o‘z ishini yakunladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring