Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkinchi va uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «superkontrakt»ga ruxsat berildi

Ikkinchi va uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «superkontrakt»ga ruxsat berildi

Foto: Gazeta.uz

Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirgan va test sinovlaridan o‘ta olmagan talabalarga «superkontrakt» asosida o‘qishga ruxsat berildi. Bu haqda oliy ta’lim sohasidagi yangiliklarni berib boradigan telegram-kanalda xabar berilgan.

«Ko‘plab abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun topshirgan test sinovlari natijasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.

Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul kilish, tanlov buyicha birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon kilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning to‘plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring