Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hadis ilmi maktabiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lganlar uchun bepul tayyorlov kursi ochilmoqda

Hadis ilmi maktabiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lganlar uchun bepul tayyorlov kursi ochilmoqda

Foto:«Muslim.uz»

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabiga 2019-2020 o‘quv yili bo‘yicha o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun joriy yilning 17-29-iyun kunlari mobaynida Toshkent islom institutida bepul tayyorlov kursi tashkil etiladi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi. 

Tayyorlov kursi uchun abituriyentlardan hujjatlar 2019-yilning 11-iyunidan 15-iyunigacha qabul qilinadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

- pasport nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi);

- o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini bitirganligi haqida hujjat nusxasi;

- 4 dona rangli fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi).

Tayyorlov kursi quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:

- Hadis istilohlari;

- Hadis sharhlari;

- Arab tili.

Eslatma: Tayyorlov kursi ishtirokchilari yotoqxona bilan ta’minlanmaydi.

Manzil: Toshkent islom instituti.

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring