Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya prezidenti Bahrom Abdullayevga tashakkurnoma yo‘lladi

Germaniya prezidenti Bahrom Abdullayevga tashakkurnoma yo‘lladi

Foto: «O‘zA»

Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev nomiga tashakkurnoma yo‘lladi.

Janob Frank-Valter Shtaynmayer universitetda bo‘lib o‘tgan iliq va samimiy uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirar ekan, uchrashuv O‘zbekiston yoshlarining kelajakdagi istak va xohishlari hamda mamlakatingiz haqidagi tasavvurlarimni yanada kengaytirdi, deydi.

Prezident o‘z tashakkurnomasida talabalar va litsey o‘quvchilari bilan ochiq va jonli ruhda o‘tgan samimiy muloqotni alohida mamnuniyat bilan ta’kidlar ekan, rektordan universitet akademik litseyi o‘quvichlariga ham tashakkurini yetkazishni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida shu yilning 29-may kuni Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring