Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Farzandini bog‘chaga joylayman deb qiynalib ketdi»

«Farzandini bog‘chaga joylayman deb qiynalib ketdi»

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Tinchlik shaharchasidagi 35 va 37-bog‘chalarda bolalarni navbatga qo‘yishda inson omili kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Zed News» kanaliga kelib tushgan murojaatda aytilgan. 

«Assalomu alaykum. Bir iltimosim bor, tanishim 7-8 oydan buyon farzandini bog‘chaga joylayman deb qiynalib ketdi. Qishloqdagi bog‘cha. O‘z hududiga olishmayapti. Davlat xizmatlari markazi orqali navbatga qo‘yilgan, ammo navbat haligacha kelmayapti. Tanishimning qo‘shnisi farzandini u bilan bir kunda navbatga qo‘ygan va uning bolasini olishgan», deyiladi murojaatda.

Murojaatchiga ko‘ra, 5 yoshga qarab ketayotgan bola qarovsiz qolgan, oilada hamma ishlaydi, bobosi nafaqada, yaqinda kasalxonadan chiqqan. Ayni paytda bolani qo‘shni uyga tashlab, ishga ketishayotgani aytilgan.

«Men bir necha bor Shin xonimga (Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin nazarda tutilyapti — tahr.) yozdim, lekin faqat ma’lumot uchun rahmat deyishdi. Vazirlik ishonch telefoni (saytda 71 239-33-79 ko‘rsatilgan — tahr.) javob bermayapti», deb kuyunib yozgan murojaatchi.

Kanalga ko‘ra, MTV ishonch telefoni ishlamayapti. Saytda ko‘rsatilgan boshqa raqamlar bilan ham bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan.

DXMlar orqali bolani davlat MTMga joylashtirish xizmati ilk bor 2018-yil 1-apreldan joriy etilgan edi. 2019-yilning yozida esa onlayn navbatlarda bir qator kamchilik va muammolar yuzaga kelgan.

Keyinroq bu bartaraf etilib, vazirlik rasmiy bayonot bergandi: «Endi tanish-bilish, do‘st-birodar qidirib, bolani bog‘chaga joylashga «qing‘ir» yo‘l qidirmang! Barchasini halollikdan boshlang!»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring