Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinadi

Ertaga kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinadi

Foto: Xabar.uz

2020/2021-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar ishtirokida o‘tkazilgan saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari 2020-yil 17-dekabr kuni e’lon qilinadi.

Abituriyentlar saralash imtihonlari natijalarini o‘zlari hujjat topshirgan ta’lim muassasalarida bilishlari mumkin.

Shuningdek, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti – www.dtm.uz orqali ham test sinovlari natijalari bilan tanishish mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring