Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endilikda talabalar o‘qituvchilar darsini anonim tarzda baholaydi

Endilikda talabalar o‘qituvchilar darsini anonim tarzda baholaydi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Hujjatga ko‘ra, lavozimlarni egallashning besh yillik muddati davrida rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasasi komissiyasi tomonidan har bir o‘quv yili yakunlari bo‘yicha barcha pedagog xodimlar faoliyati atroflicha o‘rganib chiqiladi va baholanadi.

Qolaversa, tugallangan fan o‘qituvchilarining dars berish samaradorligi talabalar tomonidan anonim tarzda baholanadi.

Loyihaga ko‘ra, pedagog xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli o‘quv-metodik, ilmiy, tarbiyaviy ishlari sifati, o‘qitgan talabalarining o‘zlashtirish darajasi past bo‘lgan taqdirda, tanlovni o‘tkazish tartibida belgilab qo‘yilgan muddatdan qat’iy nazar u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

Muhokamalar shu yilning 19-noyabriga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring