Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyot bo‘ling. Prezident maktablariga tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas

Ehtiyot bo‘ling. Prezident maktablariga tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas

Prezident maktablariga kirish imtihonidan o‘tish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi Feruza Madrahimova ma’lum qilib o‘tdi.

«Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda «Prezident maktablariga tayyorlaymiz», «Prezident maktablariga kirish uchun oraliq «repetitsion» test sinovlari» qabilidagi e’lonlar asosida «Prezident maktablari» brendi ostida mo‘maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘payib ketdi. Angliyaning Cambridge assessment tashkiloti tomonidan tashkil qilinadigan test sinovlariga bu kabi o‘tkazilayotgan testlarga umuman aloqasi yo‘q.

Asosiy maqsad iqtidorli, bilimga chanqoq, o‘z ustida doimiy ravishda ishlaydigan, izlanadigan, shijoatli o‘quvchilarni shaffof sinov orqali tanlab olish.

PRESIDENT SCHOOLS (BLOG), Next Step Up School, Reprez.uz veb-sahifasi yoki «Prezident maktablari uchun tayyorlov kurslari» deb e’lon berayotgan boshqa o‘quv kurslarining Prezident maktablariga hech qanday daxli yo‘q», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring