Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXXning harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda. Unga o‘qituvchilar ishga taklif qilindi

DXXning harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda. Unga o‘qituvchilar ishga taklif qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi «O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tasarrufida Qibray «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda.

Mazkur litseyiga yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ishga taklif qilinmoqda.

«Temurbeklar maktabi»ning o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga maktabning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi.

«Temurbeklar maktabi» ishchi va xizmatchilari sonidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:

  • o‘qituvchilar uchun 5 barobar;
  • psixolog uchun 3 barobar;
  • axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari uchun 2 barobar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.

«Temurbeklar maktabi»ga quyidagi fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar ishga taklif etiladi:

-ona tili va adabiyoti;

-rus tili va adabiyoti;

-tarix;

-ingliz tili;

-fizika;

-astronomiya;

-algebra;

-geometriya;

-kimyo;

-biologiya;

-geografiya;

-ma’naviyat asoslari;

-davlat va xuquq asoslari;

-jismoniy tarbiya;

-informatika va axborot texnologiyalari;

-chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.

«Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

«Temurbeklar maktabi»ning manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika shaharchasi (Qibray qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘rnida).

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qibray «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi o‘qituvchilar 2020-yilning 10-fevraliga qadar DXX institutiga (Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasi 20-uy) yoki 71-252-92-30 telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring