Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DTM abituriyentlar e’tiroziga javob qaytardi

DTM abituriyentlar e’tiroziga javob qaytardi

Ijtimoiy tarmoqlarda test sinovlari natijalarini hisoblashda ayrim xatoliklar uchrayotgani va buning asosiy sababi etib Davlat test markazi tomonidan sotib olingan maxsus qurilmaning xatoliklar bilan ishlayotgani ta’kidlanmoqda, deyiladi DTM xabarida.

Buning isboti sifatida, abituriyentlarning shaxsiy kabinetlarida joylashtirilgan javoblar varaqasidagi abituriyent tomonidan belgilanmagan javobni «to‘g‘ri javob» deb qabul qilinganligi keltirilgan.

Davlat test markazi ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

  • AQShning SCANTRON korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va Davlat test markazida o‘rnatilgan yuqori tezlikda ishlovchi iNSIGHT™ 150 markali optik skaner to‘liq soz holatda va xatoliklarsiz ishlamoqda.
  • O‘rnatilgan tartibga ko‘ra test topshirig‘ida texnik xato mavjud bo‘lganda, abituriyent tomonidan shu savolning muqobil javoblardan qaysi birini tanlashidan qat’i nazar, abituriyent manfaatini himoya qilish maqsadida shu savol to‘g‘ri deb hisoblanadi va unga tegishli ball beriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring