Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi

Foto:«Pv.uz»

«Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi.

Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga kiradi.

Institutning ta’lim faoliyati 2020-2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Qarorga ko‘ra, institut professor o‘qituvchilari va xodimlariga mehnatga haq to‘lashda tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.

Qaror bilan institut Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Samarqand davlat universiteti zimmasiga institutni otaliqqa olish vazifasi yuklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring