Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda muhim xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Buxoroda muhim xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida "Zamonaviy ishlab chiqarishning muhandislik va texnologik muammolarining innovatsion yechimlari" mavzuida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlaridan kelgan olimlar va institutning professor olimlari, magistratura bosqichi talabalari ilan ishtirok etishdi. Dastlab anjumanning ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda xorijlik olimlar bugungi kunda ishlab chiqarish sohasidagi muhandislik va texnologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan o‘z ilmiy ishlarini yig‘ilganlarga taqdim qilishdi.

Shuningdek, institutning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion texnologiyalar va ishlanmalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Shundan so‘ng anjuman, Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalarining ilmiy muammolari va rivojlanish istiqbollari; Zamonaviy qurilish va sanoat mashinalari va jihozlarini rivojlantirish muammolari; Energiya va resurs tejaydigan texnologiyalarni va axborot-kommunikatsiya tizimlarini ishlab chiqarishga joriy etishning ilmiy muammolari; Neft va gaz sanoatining ilmiy muammolari va rivojlanish istiqbollari; To‘qimachilik va yengil sanoat uchun mashinalar va texnologiyalarni rivojlantirish muammolari va pedagogik va axborot-kommunikatsion masalalari mavzularida sho‘balarga bo‘lin o‘z ishini davom ettirdi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur anjuman yurtimzda zamonaviy ishlab chiqarishning muhandislik va texnologik muammolarini bartaraf qilish va ularning innovatsion yechimlarini topishda xorijlik va yurtimiz olimlarining o‘zaro fikr va tajriba almashishlari uchun muhim omil bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz yakunda maruzalar bo‘yicha ilmiy to‘plam chop etilishi reja qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring