Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu yilgi test imtihonlari stadionlarda o‘tkaziladi

Bu yilgi test imtihonlari stadionlarda o‘tkaziladi

Foto:«Gazeta.uz»

Joriy yilgi test imtihonlari ochiq osmon ostida, stadionlarda o‘tkaziladi. Imtihonlarni o‘tkazishda karantin talablariga qat’iy rioya qilinishi belgilangan. 

Bu haqda Davlat test markazi xabar bergan. 

Imtihonlar kuniga ikki marta, kunning salqin paytlari tashkil etiladi. Test imtihonlarini taxminan 12-14 kunda yakunlash ko‘zda tutilgan.

Test imtihonlarini o‘tkazish sanasi Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Davlat sanitariya xizmati xulosalari asosida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar test imtihonlari qachon bo‘lishi so‘roq ostiga qolayotgan edi. DTM rasmiylari imtihon karantin yumshatilgach va epidemiologik vaziyat barqarorlashgach o‘tishi ta’kidlashgandi. Shuningdek, jarayonar sentyabrda bo‘lishi ham istisno qilinmagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring