Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beshta viloyatda test sinovlari yakunlandi

Beshta viloyatda test sinovlari yakunlandi

Foto: «Ma’rifat»

Davlat test markazi Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari yakunlangan hududlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Respublika bo‘yicha 5 ta hududda test sinovlari yakunlandi:

  1. Surxondaryo viloyati;
  2. Namangan viloyati;
  3. Sirdaryo viloyati;
  4. Toshkent shahri;
  5. Qashqadaryo viloyati.

Surxondaryo viloyatida jami 76 186 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

  • 74 607 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;
  • 1 536 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;
  • 20 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;
  • 23 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Surxondaryo viloyatida test sinovlari 8-avgust kuni yakunlandi.

Namangan viloyatida jami 61 451 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

  • 59 591 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;
  • 1 801 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;
  • 47 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;
  • 12 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Namangan viloyatida test sinovlari 10-avgust kuni yakunlandi.

Sirdaryo viloyatida jami 33 758 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

  • 33 051 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;
  • 687 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;
  • 2 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;
  • 18 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Sirdaryo viloyatida test sinovlari 10-avgust kuni yakunlandi.

Toshkent shahrida jami 211 093 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

  • 204 414 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;
  • 6 518 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;
  • 46 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;
  • 115 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Toshkent shahrida test sinovlari 10-avgust kuni yakunlandi.

Qashqadaryo viloyatida jami 87 184 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

  • 85 222 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;
  • 1 858 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;
  • 44 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;
  • 60 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Qashqadaryo viloyatida test sinovlari 12-avgust kuni yakunlandi.

Qolgan hududlarda test sinovlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring