Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barcha maktablar ochilsa, onlayn o‘qish to‘xtatiladimi? Vazirlik mas’uli izoh berdi

Barcha maktablar ochilsa, onlayn o‘qish to‘xtatiladimi? Vazirlik mas’uli izoh berdi

Foto:«Xabar.uz»

AOKA zalida Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Barcha maktablar ochilsa, onlayn o‘qish to‘xtatiladimi? Yoki xohlagan ota-ona bolasini onlayn o‘qitishni davom ettirsa bo‘ladimi?

 Butun dunyodagi singari yurtimizda ham pandemiya hali barqarorlashgani yo‘q. Shu sababli gibrid shakldagi ta’lim hali davom etadi.

Ya’ni farzandi salomatligidan havotir oladigan, uydagi karantin holati yaxshi bo‘lmagan ota-onalar fazandlarini masofaviy shaklda ta’lim olishni davom ettirishlari mumkin. Bugungi kunda Respublikamizdagi 10 008 ta maktabdan 9 990 tasi ya’ni 99,8 foizi to‘laqonli ravishda ishlamoqda. O‘quvchilardan 4,5 mln. nafari, ya’ni 72% an’anaviy, qolgan 1,7 mln nafari, ya’ni 28% onlayn shaklda tahsil olmoqda.

O‘quvchilarning masofaviy shaklda ta’lim olishi bekor qilingan taqdirda ham bugun Onlayn-maktab loyihasi uzatilayotgan telekanallardan qo‘shimcha ta’lim olish uchun foydalanish ko‘zda tutilgan, bu esa hududlardagi ko‘pchilik maktablardagi o‘quvchilarga sifatliroq qo‘shimcha ta’lim olish uchun imkoniyat beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring