Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon davlat universitetiga 1 mlrd so‘m grant ajratiladi

Andijon davlat universitetiga 1 mlrd so‘m grant ajratiladi

Foto:«Adu.uz»

Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev va  150 dan ortiq talabalari ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi.

Universitet rektori talabalarni Yoshlar kuni bilan tabriklab, onlayn muloqotni imkoni boricha rasmiyatchiliklarsiz, ochiq suhbat tarzida o‘tkazishni taklif qildi.

Rektor suhbatda talabalarning muammolarini o‘rganib, ko‘plab talabalarning murojaatlarini tingladi va ularni yechish bo‘yicha mas’ullarga masalani hal etishni topshirdi va natijasi bo‘yicha doimiy hisobot berishlarini belgiladi.

Akramjon Yuldashev prezidentimizning Andijonga tashrifi doirasida universitetga 1 mlrd so‘m miqdoridagi grant ajratilishi belgilanib, ushbu grant mablag‘larini badiiy kulolchilik o‘quv-ishlab chiqarish kompleksi loyihasi uchun yo‘naltirish ma’qul ko‘rilganini, yaqin kelajakda universitetda xorijiy davlatlar andozasidagi badiiy kulolchilik o‘quv-ishlab chiqarish kompleksi ishga tushirilishini ma’lum qildi. 

Uchrashuv davomida talabalarning o‘quv, ilmiy, ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha 50 dan ziyod takliflari, masofaviy ta’lim bo‘yicha fikrlari ham tinglandi.

Universitetning tegishli yo‘nalishi talabalarini Andijonda yangi ochilgan IT parkda ishlashi bo‘yicha shartnoma tuzish, TTJda talabalar tomonidan hunar o‘rgatish to‘garaklarini ko‘paytirish, talaba almashinuv dasturlari, mashhur adiblar bilan onlayn muloqotlar tashkil etish, talabalar o‘zlari ishlaydigan elektron darsliklar yaratish markazi tashkil etish kabi ko‘plab takliflar bildirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring